Free ebooks Library zlibrary project

Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.

Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik dasturidan o’rin olgan dastlabki mashg’ulotlar 10-18 dekabr kunlari “Chig’atoy” bazasida bo’lib o’tadi.

Avval xabar berganimizdek, 2020-yilgi ayollar o’rtasidagi U20 Osiyo chempionati saralash bellashuvlarining dastlabki bosqichi 2021-yil 17-21 mart kunlari o’tkaziladi.

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o’rin oladi. Bu savatchada shuningdek Vyetnam, Tailand, Eron va Nepal vakillari o’rin olgan. Mazkur qur’a marosimi OFKning Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida 23-dekabr kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familiyasi Ampluasi Jamoasi
1. Polyushkevich Angelina Darvozabon “Sevinch”
2. Nurulayeva Sevara Darvozabon “Metallurg”
3. Usmonova Ruxsora Darvozabon AGMK
4. Qo‘chqorova Sevara Himoyachi AGMK
5. Kosnikova Marina Himoyachi “Bunyodkor”
6. Ibragimova Gulchiroy Himoyachi AGMK
7. Iskandarova Nodira Himoyachi “Lokomotiv”
8. Toshpo‘latova Rushana Himoyachi “Sevinch”
9. Oktyabreva Sabrina Himoyachi “Sevinch”
10. To‘rayeva Marjona Himoyachi “Buxoro”
11. Shodiyeva Amina Himoyachi “Qizilqum”
12 Norboyeva Maftuna Himoyachi “Navbahor”
13 Gʻaniyeva Charos Himoyachi “Andijon”
14 Seyitmirova Soxibabonu Yarimhimoyachi “Buxoro”
15 Otenazarova Aygerim Yarimhimoyachi AGMK
16 Mamatkarimova Zarina Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
17 Suyunova Oysara Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
18 Jurabayeva Diyora Yarimhimoyachi “Metallurg”
19 Zaynitdinova  Shaxrizoda Yarimhimoyachi “Metallurg”
20 Erkinova  Komola Yarimhimoyachi “Paxtakor”
21 Xatamova Umida Yarimhimoyachi “Paxtakor”
22 Mingboyeva Omadoy Yarimhimoyachi “Andijon”
23 Bobokulova Albina Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
24 Saydullayeva O‘g‘iloy Yarimhimoyachi “Sevinch”
25 Sodiqova Parvina Yarimhimoyachi AGMK
26 Rustullayeva Leyla Yarimhimoyachi AGMK
27 Oraniyazova Leyla Hujumchi AGMK
28 Rashidova Tojiniso Hujumchi “Metallurg”
29 Abduganiyeva Jasmina Hujumchi “Lokomotiv”