Free ebooks Library zlibrary project

Toshkentdagi “King Plaza” mehmonxonasida ilk marotaba oʻtkazilgan CAFA hakamlar seminarining rasmiy yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

26-28-yanvar kunlari CAFA tomonidan hakamlar uchun oʻtkazilgan nazariy-amaliy seminari davomida aʼzo mamlakatlardan jami 23 nafar hakamlar (15 nafar erkak va 8 nafar ayol hakamlar) ishtirok etishdi.

Tobora texnologiyalar rivojlanayotgan vaqtda futbolning jozibasini yanada oshirish, muxlislarga sifatli futbol taqdim etish maqsadida zamon hakamlik sohasida muntazam yangilanishlar, izlanishlar qilishni talab etadi.

Uch kun davomida oʻtgan ushbu seminar davomida ishtirokchilar FIFA standartlari asosida nazariy va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etib, tajribali mutaxassislardan zaruriy bilim va koʻnikmalarni egallashdi. Eʼtiborli tomoni, ushbu seminarda mamlakatimizdan 5 nafar FIFA hakamlari — Firdavs Norsafarov, Asker Nadjafaliyev, Akobir Shukurullayev, Edita Mirobidova va Roziyabonu Yusupova ishtirok etdi.

Seminarning yopilish marosimida OʻFA birinchi vitse-prezidenti, CAFA hakamlar qoʻmitasi raisi Ravshan Irmatov va CAFA Bosh kotibi Ulugʻbek Karimov ishtirokchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan qutlab, ularga kelajakdagi faoliyatlarida omad tilashdi.