Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi va UEFA o’rtasidagi o’zaro tajriba almashish bo’yicha hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizda bo’lib, faoliyat olib bormoqda.

O’tgan hafta davomida UEFA mutaxassisi O’FA mas’ul xodimlari bilan birgalikda Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis Beruniy, To’rtko’l, Nukus kabi tumanlarda bo’lib, mazkur hududlarda har bir yoʼnalish boʼyicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha oʼrganib, murabbiylar tajribasini tahlil qildi.

Shuningdek, UEFA vakili Qoraqalpog’iston Respublikasidagi futbol akademiyalari hamda sport maktablari faoliyati bilan tanishdi. Mashgʼulotlarda ishtirok etayotgan tarbiyalanuvchilar hamda ularning murabbiylar bilan yaqindan muloqot qilib, ularga zarur koʼrsatma va maslahatlar berildi.