Free ebooks Library zlibrary project

Kecha Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U22 terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun “Chig’atoy” bazasiga jamlandi.

   

Yig’inning birinchi kunida, jamoa vakillari koronavirus (COVID-19)ga test topshirdi va hech bir futbolchida ushbu infeksiya aniqlanmadi.

Shuningdek, jamoa shifokori futbolchilarga pandemiya sharoitida amal qilish zarur bo’lgan sanitariya qoida va normalari hususida tushunchalar berdi.

Shundan so’ng, terma jamoa a’zolari Ravshan Haydarov boshchiligida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi.

O’zbekiston U22 terma jamoasi 13-oktyabrga qadar mashg’ulotlarni davom ettiradi. Yig’in doirasida “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublariga qarshi nazorat uchrashuvi tashkil etish rejalashtirilgan.

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

F.I.SH Tugʼilgan sanasi Ampluasi Klubi
1. Ergashev Umidjon 20.03.1999 Darvozabon “Nasaf”
2. Muxammadjonov Mashxur 21.02.1999 Darvozabon “Nasaf”
3. Isakov Аzizxon 23.12.2000 Darvozabon “Paxtakor”
4. Saitov Dilshod 02.02.1999 Himoyachi “Nasaf”
5. Salimov Аlisher 22.07.1999 Himoyachi “Paxtakor”
6. Yokubov Jasurbek 26.03.1999 Himoyachi “Qoʼqon-1912”
7. Kuybokov Nodirbek 02.08.2000 Himoyachi “Soʼgʼdiyona”
8. Yuldashev Ibroxim 05.06.1999 Himoyachi “Surxon”
9. Komilov Dilshod 16.05.1999 Himoyachi “Lokomotiv”
10. Kamolov Аbdugʼani 23.03.2000 Himoyachi “Buxoro”
11. Аskarov Boburjon 09.02.1999 Himoyachi “Lokomotiv”
12. Nasriddinov Daniel 08.12.1999 Yarimhimoyachi “Soʼgʼdiyona”
13. Ulmasaliev Аvaz 27.03.2000 Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
14. Аbdullaev Bek 11.08.1999 Yarimhimoyachi “Qoʼqon-1912”
15. Juraev Аnvar 25.04.2000 Yarimhimoyachi “Buxoro”
16. Аbdumannopov Doniyor 12.12.2000 Yarimhimoyachi “Аndijon”
17. Izzatov Suxrob 15.02.1999 Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
18. Kenjaboev Islom 01.09.1999 Yarimhimoyachi “Nasaf”
19. Maksumov Аzamat 11.06.2000 Yarimhimoyachi “FK Xatta”
20. Kenjaev Ilxom 10.06.1999 Yarimhimoyachi “Qizilqum”
21. Yuldashev Rasul 26.10.2000 Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
22. Sayidov Bekzod 14.04.2000 Yarimhimoyachi “Buxoro”
23. Аbdusalomov Jaxongir 21.05.1999 Hujumchi “Mashʼal”
24. Аbduraxmanov Shoxrux 19.07.1999 Hujumchi “Dinamo”
25. Kudratullaev Maxmud 25.05.2000 Hujumchi “Metallurg”