Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi bugun o‘z nihoyasiga etdi.

Unda muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilgan O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun oxirgi o‘yinini Tojikistonga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli tarzda kechgan bahsda futbolchi qizlarimiz raqibalari darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa musobaqadagi barcha uchrashuvlarni o‘z foydasiga hal etgan terma jamoamiz chempion nomiga sazovor bo‘ldi.

28 noyabr (payshanba)

Tojikiston – O‘zbekiston 0:3

Gollar: Dildora Nozimova (2), Umida Zoirova (8), Nilufar Qudratova (32)