Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, Oʼzbekiston U-14 terma jamoasiga yaqin oʼtmishning mohir yarim himoyachisi Server Jeparov ustozlik qilmoqda.

Mazkur terma jamoa har oy yigʼilib, nomzod futbolchilar harakatlari koʼzdan kechirilmoqda. Navbatdagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini bugundan start oladi. 2006-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz 3-8-mart kunlari “Chigʼatoy” stadionida mashgʼulotlar olib boradi. Server Jeparov bu galgi yigʼinga 24 nafar futbolchi chaqirdi.

 

Yigʼinga jalb etilgan futbolchilar roʼyxati:

Darvozabonlar: Ozod Maʼrupov, Shamshod Muhitdinov, Joʼrabek Shukrullaev.

Himoyachilar: Doston Qoʼldoshev, Sherzod Abdulboʼriev, Dadajon Ahmadov, Aziz Toʼlanboev, Fozil Bobomurodov, Hojiakbar Mavlonov, Ayman Hazigaliev.

Yarim himoyachilar: Sanjar Abdulxoshimov, Shamsiddin Sherqulov, Muhammad Karimov, Quvonch Haydarov, Dilshod Misraliev, Nikita Karpenko, Ahror Rahimov, Jahongir Isomiddinov, Jasur Iskandarov, Farrux Anorboev, Begzod Sulaymonov.

Hujumchilar: Hamidullo Turgʼunboev, Azim Abdulazizov, Sabur Alamov.