Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Birinchi liga klubi bilan nazorat uchrashuvi o’tkazdi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida Toshkentning “Neftgazmontaj” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O’zbekiston U19 vakillariga g’alaba olib keldi. O’zbekiston U19 1-0 “Neftgazmontaj” Gol: Asliddin Toshtemirov

5-iyunda start olgan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasining navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’z nihoyasiga yetmoqda. U16 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida mashg’ulotlarning yakuniy bosqichini o’tamoqda. O’smirlar terma jamoamizning bu galgi mashg’ulotlariga 25 nafar futbolchi jalb etildi. Shuningdek, yig’in avvalidan barcha futbolchi va murabbiylar shtabi tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi. Quyida mashgʼulotlardan olingan 

Batafsil

O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentdagi chig’atoy bazasida o’quv-mashg’ulot yig’inini olib bormoqda. 15-iyunga qadar davom etadigan ushbu yig’inga bosh murabbiy Timur Kapadze 23 nafar futbolchini jalb etgan. Kecha bo’lib o’tgan mashg’ulotlarga MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ham tashrif buyurdi va O’zbekiston U19 terma jamoasi murabbiylar shtabiga kerakli maslahatlarini berdi. Shuningdek, Mirko Yelichich ham mazkur yig’in davomida 

Batafsil