Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi U-23 Osiyo kubogi saralash oʻyinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarining nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi qur’a natijasiga koʻra oʻrin oladigan guruh uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida oʻtkaziladi. Oʻyinlar joriy yilning 4-12-sentyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mezbon mamlakatlar: Bahrayn Xitoy Indoneziya Iordaniya Koreya R. Quvayt Saudiya Arabistoni Tojikiston Tailand Oʻzbekiston Vyetnam Eslatib o’tamiz, saralash 

Batafsil

Timur Kapadze boshchilgidagi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Marokashdagi yigʻin doirasida dastlabki oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “Fath Union Sport” stadionida oʻtkazilgan bahsda vakillarimiz togolik tengdoshlari darvozasiga 5ta toʻp kiritdilar. Uchrashuvda Muhammadqodir Hamraliyev, Odilbek Abdumajidov va Sardor Mahmudov terma jamoadagi debyut golini kiritdilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 5:3 Togo 🇹🇬 Gollar: Chakey Moucheri 8ʼ, Muhammadqodir Hamraliyev 27ʼ, Otabek Joʻraqoʻziyev 39ʼ, Odilbek Abdumajidov 71ʼ, Alisher Odilov 76ʼ, Sardor Mahmudov 79ʼ, Auro Vetchire 83ʼ, Laba Kevin 90ʼ.

Birlashgan Arab Amirliklarida yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining navbatdagi raqibi maʼlum. 18-yanvar kuni Timur Kapadze shogirdlari Latviya Oliy ligasining amaldagi vitse-chempioni, UEFA Konferensiyalar ligasi ishtirokchisi boʻlgan “Riga” klubiga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin “Jebel-Ali” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi. 18-yanvar “Riga” – Oʻzbekiston U-23