Free ebooks Library zlibrary project

2020-yilgi futbol mavsumi ham yakuniga yetib bormoqda. Ushbu mavsumning yakunlariga bag‘ishlab joriy yilning 26-dekabr kuni Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomini aniqlash uchun sport jurnalistlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar:
Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”)
Eldor Shomurodov (“Jenoa”)
Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Oybek Bozorov (“Nasaf”)

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlar:
Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912”)
Vadim Abramov (O‘zbekiston milliy terma jamoasi, “Bunyodkor”)
Mirjalol Qosimov (“AGMK”)
Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”)
Timur Kapadze (O‘zbekiston U19 terma jamoasi, “Lokomotiv”)

Eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchi va murabbiy nomi yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.