Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Avvalo, Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. O‘FA rahbariyati mamlakatda futzal bo’yicha ulkan loyiha amalga oshirilayotganini aytdi. Hozircha faqatgina tashkiliy ishlar bilan band bo’laman, jamoa bilan Osiyo kubogi saralash bosqichidan so’ng mashg‘ulotlarni boshlayman. Unga qadar hozirgi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov jamoa bilan ishlaydi. O‘ylaymanki, bir jamoa bo’lib ishlasak, albatta, ko’zlangan natijaga erishamiz.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi tanishman. Chunki Ispaniya terma jamoasi murabbiyi sifatidagi debyut o’yinim aynan O‘zbekistonga qarshi bo’lgan. Litvadagi Jahon chempionati oldidan Ispaniyada tashkil etilgan yig’inda ham jamoaning uslubini o‘rganib chiqqanmiz.

Eng muhimi, O’zbekistonda futzal pastki bog’indan rivojlanib bormoqda. Ispaniyalik Xose Mariya Mendez bu yerda faoliyat yuritgan. U mening yaqin do’stim va juda kuchli mutaxassis bo’lib, u boshlagan ishni Bahodir Ahmedov ham a’lo darajada davom ettirdi. Yaxshi shakllanga jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. Futzalchilarning darajasi juda yuqori. Himoyada harakatlanish va hujumga tezkorlik bilan o’tish ustida alohida ishlaymiz.

Bahodir Ahmedov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi, uning shtabida faoliyat yuritgan barcha murabbiylar o’z oshini davom ettiradilar, jamoaga fizioterapevt va tahlilchi murabbiy ham taklif etamiz.