O’zbekiston U20 ayollar terma jamoasi Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan CAFA U20 Women’s Championship 2021 xalqaro turniridagi o’z ishtirokini davom ettirmoqda.

Bugun terma jamoamiz musobaqaning markaziy uchrashuvida eronlik tengdoshlari bilan kuch sinashdi. Murosasiz kechgan ushbu bahsda jamoalar 2-2 hisobidagi durang natija qayd etdi.

O’zbekiston U20 ayollar terma jamoasining ikki goliga Zarina Mamatkarimova mualliflik qildi.

Yakuniy tur uchrashuvlari oldidan hamyurtlarimiz turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 17-iyun kuni bo’lib o’tadigan so’nggi bahsda ularga mezbon Tojikiston U20 ayollar terma jamoasi raqiblik qiladi.

“CAFA U20 Women’s Championship 2021” xalqaro turniri

O’zbekiston U20 2-2 Eron U20

Gollar: Zarina Mamatkarimova 30′, 47′ – Zuhra Irfaniy 20’, Negin Zandiy G’aribiy 66’