Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va OK-2023 qo’shma saralash bosqichi uchrashuvlarini Saudiya Arabistoni maydonida o’tkazmoqda.

Dastlabki ikki bahsda g’alaba qozongan Milliy jamoamiz a’zolari bugun “Mrsool Park” stadionida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur bahsni Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan FIFA referisi Hyung Jin Ko boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Jaeyeol Yoon hamda Sang Jun Park yordam berishadi.

Uchrashuv yurtimiz vaqti bilan soat 23:00 da start oladi. Ushbu muhim o’yinni YouTube kanalimiz orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

JCH-2022 hamda OK-2023 qo’shma saralash bosqichi

15-iyun 23.00 | S.Arabistoni – O’zbekiston

Bosh hakam: Hyung Jin Ko (J.Koreya)

Yon hakamlar: Jaeyeol Yoon, Sang Jun Park (J.Koreya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)