Free ebooks Library zlibrary project

2023-yilning mart oyida yurtimiz 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasining final oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Xususan, OʻFA ishchi guruhi tomonidan oʻyinlar va mashgʻulotlar boʻlib oʻtadigan hududlar hamda u yerdagi mavjud sharoitlar oʻrganilib, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha harakatlar olib borilyapti.

OʻFA vakillari Fargʻona viloyatidagi “Neftchi” stadionidagi qurilish-taʼmirlash ishlarini oʻrgandi. Dastlab, stadion loyihasining texnik-tashkiliy jarayonlari koʻzdan kechirildi. Obyektni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, maydonlarni yoritish tizimi, chimlarni saqlash va parvarishlash, hududga mos chim urugʻlarini tanlash, drinaj va sugʻorishga kerakli qurilmalarni tashkil etish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, quruvchi tashkilot vakillariga barcha jarayonlarni jadallashtirish va qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Rejaga muvofiq keyingi qilinishi kerak boʻlgan vazifalar yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalar berildi.