Free ebooks Library zlibrary project

2023-yilning mart oyida yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan U-20 Osiyo kubogi oʻyinlariga qizgʻin tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Xususan, OʻFA ishchi guruhi tomonidan oʻyinlar va mashgʻulotlar boʻlib oʻtadigan hududlar hamda u yerdagi mavjud sharoitlar oʻrganilib, OFK standartiga mos kelishini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlar olib borilyapti.

Chempionat oʻtkazishga masʼul boʻlgan Osiyo futbol konfederatsiyasi delegatsiyasi mamlakatimizga yetib keldi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida OFK va OʻFA vakillari ishtirokida U-20 tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Dastlab OFK vakillari Oʻzbekistonning mazkur yirik turnirga mezbonlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Oʻz oʻrnida, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Oʻzbekiston soʻnggi yillarda bir qancha qitʼa musobaqalarini oʻtkazib, katta tajriba toʻplagani va bu boʻlgʻusi turnirlar oldidan muhim ekanligini aytib, OFK tomonidan bildirilayotgan ishonchdan mamnun ekanligini bildirdi. Musobaqalar geografoyasi kengayib borayotgani, nafaqat poytaxt, balki bir qancha viloyatlarda ham OFK standarti asosida futbol infratuzilmalari rivojlanayotganini ta’kidlab oʻtdi. Shuningdek, boʻlajak yirik turnirni ham muvaffaqiyatli oʻtkazish borasida barcha ishlar tashkil etilishini qoʻshimcha qildi.

Shundan keyin OFK vakillari yaqinda qayta ta’mirdan chiqqan “JAR” stadionini koʻzdan kechirishdi va maydonining sifatini yuqori baholashdi. Bundan tashqari, kiyim almashtirish va tashkiliy-maʼmuriy xonalari ham oʻrganib chiqildi.

Rejaga muvofiq, delegatlar “Lokomotiv”, “Bunyodkor” hamda “Istiqlol” stadionida inspeksiya ishlarini amalga oshirishlari kutilmoqda.