Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan U-20 Osiyo kubogida ishtirok etish uchun koʻngillilarni taklif etadi. Volontyor sifatida qitʼaning nufuzli sport tadbirida ishtirok etish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Buning uchun quyidagi soʻrovnomani ingliz tilida toʻldiring!

https://forms.gle/rpVuFvVeUvSShEFg7

Ro’yxatga olish jarayoni joriy yilning 22-yanvar sanasiga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, U-20 Osiyo kubogi joriy yilning 1-18 mart kunlari bo’lib o’tadi va unda jami yuzlab ko’ngillilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Volontyorlar musobaqalar o’tkazish, media va marketing, terma jamoalar bilan ishlash, protokol, tibbiyot va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi.