Free ebooks Library zlibrary project

Joriy yilning 21-27-avgust kunlari Tojikistonning Hisor shahrida “CAFA U-17 Championship–2023” turniri o‘tkazildi. Musobaqada Tojikiston, O‘zbekiston, Eron, Afg‘oniston va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari ishtirok etdi.

To‘rt o‘yinda 9 ochko jamg‘argan Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xuddi shuncha oochkoga ega O‘zbekiston terma jamoasi o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyat sababli 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Shuningdek, Afg‘oniston terma jamoasi 6 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Turnir yakuniga ko‘ra “Fair Play” mukofoti Tojikiston, musobaqa maxsus sovrini esa Eron terma jamoasiga nasib etdi. Uch bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Nurbek Sarsenboyev Musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Tojikiston terma jamoasi hujumchisi Muhammad Nazriev esa CAFA-2023 turnirining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.