Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 6-sentaybr kuni Toshkentda 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “E” guruhi uchrashuvlariga start berildi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Jar” stadionida Afg‘onistonga qarshi bahs olib bordi va 8:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Husayn Norchayev xet-trik, Jasur Jaloliddinov dublga erishgan bo‘lsa, Alibek Davronov, Alisher Odilov va Muhammadqodir Hamroliyev bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Afg‘oniston hujumchisi Umid Musavi terma jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Guruhdagi ilk bahsda esa Eron terma jamoasi Gong Kong ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

2-turdan o‘rin olgan Gong Kong – O‘zbekiston, Afg‘oniston – Eron uchrashuvlari 9-sentyabr kuni o‘tkaziladi.