Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʼzbekiston Milliy Olimpiya Qoʼmitasi hamda Oʼzbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonov oʼtgan yilning 15-mart kuni, 71 yoshida vafot etgan edi. Oʼz ishining chin fidoiysi sifatida katta hurmatga sazovor boʼlgan Mirabror Zufarovich oʼzbek futbolining rivoji yoʼlida ulkan ishlarni amalga oshirganini milliy sportimiz jamoatchiligi also unutmaydi. Mirabror Usmonov rahbarlik
Avval xabar berganimizdek, yurtimizga UEFA delegatsiyasi tashrif buyurdi. UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi OʼFAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida kunning birinchi yarmida OʼFA xodimlari bilan tashrif hamda seminarlar yakuniga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Unda delegatsiya vakillari tomonidan O’FA faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida yuzaga
Oʼzbekistonda futbolni 2030-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2019–2020-yillarda amalga oshirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”da Futbolda sharhlovchilik sohasini kuchaytirish, ushbu yoʼnalishda isteʼdodli kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish tizimini yoʼlga qoʼyish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratib oʼtilgan. Ushbu belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Oʼzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida taniqli sport sharhlovchilari Xayrulla Hamidov, Davron Fayziev
Bilasiz, milliy chempionatimiz uchrashuvlariga muxlislar qiziqishini orttirish, stadionlarga muxlislar tashrifini koʼpaytirish, ishqibozlar oʼrtasida muxlislik madaniyatini yanada rivojlantirish boʼyicha qator saʼyi-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bugun Namangan shahrida futbol ishqibozlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari, OʼFА Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Аbramov hamda terma jamoamiz
Bugun Namangan shahrida joylashgan Viloyat futbol mahorati maktabi tasarrufidagi “Yosh kuch” stadionida Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hamkorlikda barpo etilgan yangi sunʼiy qoplamali maydonning ochilish marosimi oʼtkazildi. Katta tantana tarzida tashkil etilgan ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʼrinbosari, OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston