Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, yurtimizga UEFA delegatsiyasi tashrif buyurdi.

UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi OʼFAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida kunning birinchi yarmida OʼFA xodimlari bilan tashrif hamda seminarlar yakuniga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Unda delegatsiya vakillari tomonidan O’FA faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida yuzaga kelgan fikr va xulosalar bilan o’rtoqlashishdi. Shuningdek, O’zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish borasida yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar bo’yicha tavsiyalar berildi.

Yig’ilish yakunida ikkala tomon kelajakda do’stona hamkorlikni davom ettirish istagini bildirishdi.

Kunning ikkinchi yarmida UEFA xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske hamda O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Jurnalistlarga tashrif jarayonlari va yakunlari borasidagi barcha ma’lumotlar berildi.