Bilasiz, ayni paytda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish uchun barchamizdan uyda qolish talab qilinmoqda.   Natijada deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari ham o’tkazilmayapti.   Xo’sh, o’zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o’tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi?   Bugun bu haqda O’zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchilaridan biri – Nilufar Qudratova bilan suhbatlashdik.   

Batafsil

Tarixda bugun rukni ostida 26-mart sanasida o’tkazilgan milliy terma jamoamiz o’yini haqida ma’lumot beramiz. Bundan roppa-rosa 7 yil avval O’zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda Livan bilan bahs yuritgan va Server Jeparov kiritgan yagona gol evaziga raqibni mag’lub etgan.   26.03.2013 | Toshkent | 31197 tomoshabin. O’zbekiston – Livan 1:0 Gol: Server Jeparov (63)

Tarixda bugun rukni ostida milliy terma jamoamizning aynan 24-mart sanasida o’tkazgan o’yinini eslab o’tamiz. 4 yil avval poytaxtimizda Filippin terma jamoasi kichik hisobda mag’lub etilgan edi. O’yin taqdirini hal etgan golga mahoratli himoyachi Anzur Ismoilov mualliflik qilgan.   24.03.2016 | Toshkent | 34000 tomoshabin. O’zbekiston – Filippin 1:0 Gol: Anzur Ismoilov (59)

Xabaringiz bor, kecha Belarus chempionatining 2020-yilgi mavsumi start oldi. 1-turda hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboyev hamda Shahboz Umarov to’p surayotgan “Energetik-BGU” klubi Belarus grandi – BATE bilan bahs yuritdi. Debyut bahsida Yaxshiboyev raqib darvozasini 2 bor ishg’ol etishga muvaffaq bo’ldi. Shohboz Umarov esa o’yin so’nggida zaxiradan maydonga tushirildi. Uchrashuvdan so’ng “Energetik-BGU” ustozi Vladimir Belyavskiy hamyurtimiz haqidagi fikrlarini 

Batafsil