Free ebooks Library zlibrary project

Yurtimiz boʻylab tashkillashtirilayotgan “Trophy Experience” tadbirining navbatdagisi Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Tadbir Samarqand shahridagi yangi ochilgan turistik markaz hududida oʻtkazildi.

Tashrif buyuruvchilar futzal boʻyicha Jahon kubogi bilan suratga tushish barobarida bir qator qiziqarli dasturlar guvohiga aylanishdi. Dastur davomida boʻlajak musobaqaga bagʻishlangan oʻziga xos fontan yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

22-avgust kuni esa Jahon chempionati kubogi Jizzax shahrida jamoatchilikka namoyish etiladi. Barcha ishqibozlarini Jizzax shahridagi Oʻrda bogʻiga taklif etamiz. Tadbir soat 19:00da start oladi.