Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida poytaxtimizda yigʻin oʻtkazishi rejalashtirilgan. Ushbu yigʻin doirasida Srechko Katanes shogirdlari Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etadi. Uchrashuv 16-noyabr kuni soat 18:00 da “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy jamoamiz uchun soʻnggi paytlarda OʻFA tomonidan kuchli sparing-sheriklar tanlab kelinmoqda. Qoʻshnilarimiz Yevropa Millatlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib, “B” liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Mintaqamizdagi eng kuchli terma jamoalar bahsi, oʻziga xos derbi futbol muxlislari tomonidan uzoq kutilgan va katta qiziqish uygʻotadigan voqeaga aylanishi shubhasiz.