Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Soʻgʻdiyona” — “Neftchi”

Oʻzbekiston Superligasining qoldirilgan 16-tur oʻyini — “Soʻgʻdiyona” va “Neftchi” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar vakili Daniel Nasriddinov oyogʻining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Daniel Nasriddinovga (“Soʻgʻdiyona”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Qizilqum”

Oʻzbekiston Superligasining 19-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Qizilqum” bahsi yakunlanganidan soʻng mezbon jamoa maʼmuri Abror Karimov raqib oʻyinchilarining oldiga yugurib kelib, oʻzini agressiv tutgan va ommaviy tartibsizlik vujudga kelishiga sabab boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abror Karimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Metallurg” — “Soʻgʻdiyona”

Coca-Cola Superligasining 19-turidan oʻrin olgan “Metallurg” — “Soʻgʻdiyona” bahsining 90+8 daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbolchisi Iskandar Shaykulov raqib oʻyinchisining oyoq qismiga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Iskandar Shaykulovga (“Soʻgʻdiyona”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Metallurg” bahsining 90+6 daqiqasida mezbonlar vakili Temurxoʻja Abduxoliqov toʻp uchun kurashda raqib darvozabonining yuz qismiga zarba berganiligi uchun maydondan chetlatilgan. Uchrashuv yakunlanganidan keyin mezbon jamoa muxlislari hakamlar shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatishgan hamda maydonga har xil buyumlar uloqtirishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Temurxoʻja Abduxoliqovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi. Shuningdek, “Qizilqum” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi. Yuqoridagi holat takrorlansa, kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz oʻtkazilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.

 

Birinchi liga

“Andijon-2” — “Qizilqum farm”

Birinchi liga 16-turidan oʻrin olgan “Andijon-2” — “Qizilqum farm” uchrashuvining 36-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Fayzullo Nurmuhammadov uchrashuv toʻxtatilgan paytda butsasining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyogʻini bosganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, “Qizilqum farm” futbolchisi Shahzod Soibnazarov raqibiga oyogʻi bilan zarba bergani uchun va qizil kartochka bilan jazolangan. Uchrashuvning 42-daqiqasiga kelib esa “Andijon-2” jamoasi futbolchisi Abubakr Rejabboyev raqib futbolchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga zarba bergan va u ham maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fayzulla Nurmuhammadov (“Andijon-2”) va Shahzod Soibnazarovga (“Qizilqum farm”) nisbatan 3 ta, Abubakr Rejabboyevga (“Andijon-2”) nisbatan esa 4 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qumqoʻrgʻon-1977” — “Shahrixonchi”

Birinchi liga 20-turidan oʻrin olgan “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 84-daqiqasida mezbonlar vakili Maʼmurbek Nasriyev butsasining tag qismi bilan raqibining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Maʼmurbek Nasriyevga (“Qumqoʻrgʻon-1977”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor farm” — “Aral”

Birinchi liga 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor farm” — “Aral” uchrashuvining 89-daqiqasida “Aral” jamoasi direktori Azamat Allaniyazov texnik zonani tark etib, bosh hakamga oʻz eʼtirozlarini bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Azamat Allaniyazovga (“Aral”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yunired” — “Andijon-2”

Birinchi ligadan oʻrin olgan “Yunired” — “Andijon-2” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon-2” jamoasi futbolchisi Aziz Usmonov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aziz Usmonovga (“Andijon-2”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Chigʻatoy” — “Yunired”

Birinchi liga 21-turidan oʻrin olgan “Chigʻatoy” — “Yunired” uchrashuvining 14-daqiqasida Jamshid Zaripboyev va Firdavs Pardaboyevlar oʻzaro agressiv harakat qilib, bir biriga zarba berishgan. Bosh hakam ularning har ikkisini maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jamshid Zaripboyev (“Chigʻatoy”) va Firdavs Pardaboyevga (“Yunired”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor farm” — “Aral”

Birinchi liga 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor farm” — “Aral” uchrashuvi yakunlanganidan soʻng mezbonlar shifokori Alisher Yuldashev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Yuldashevga (“Navbahor farm”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-19 chempionati

“Yangiyer” — “Qoʻqon-1912”

U-19 chempionati doirasidagi “Surxon” — “Lokomotiv” bahsining 45-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Farruh Qurbonov raqib futbolchisini urganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Sadriddin Abdullayev 89-daqiqada texnik zonani tark etib, bosh hakamga eʼtirozlarini bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farruh Qurbonovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Sadriddin Abdullayevga nisbatan esa 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Metallurg” — “Nasaf”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” bahsida mehmonlar futbolchisi Samandar Sodiqov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Samandar Sodiqovga (“Nasaf”)  nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Lokomotiv”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Surxon” — “Lokomotiv” bahsida mezbonlar futbolchisi Botir Roʻziyev raqib jamoa bosh murabbiyi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Botir Roʻziyevga (“Surxon”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Olimpik”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon” — “Olimpik” bahsining 38-daqiasida mehmonlar futbolchisi Usmon Ikromov oyogʻining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Usmon Ikromovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Turon” — “Paxtakor”

U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “Turon” — “Paxtakor” bahsida mehmonlar futbolchisi Saidumarxon Saidnurullayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Saidumarxon Saidnurullayevga (“Paxtakor”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Soʻgʻdiyona”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Surxon” — “Soʻgʻdiyona” bahsida mehmonlar futbolchisi Asadbek Boliyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asadbek Boliyevga (“Soʻgʻdiyona”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK — “Mashʼal”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi AGMK — “Mashʼal” bahsining 73-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Behruz Ismoilov raqib darvozaboni Davronbek Rahmonovga nisbatan qoʻpollik ishlatgan. Darvozabon esa bunga javoban Ismoilovning oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shundan keyin Behruz Ismoilov raqibining yuz qismiga zarba bergan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Behruz Ismoilov (AGMK) va Davronbek Rahmonov (“Mashʼal”)ga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Turon”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Nasaf” — “Turon” bahsining 70-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Javohir Utamurodov raqibiga qarata ataylab toʻp otgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Utamurodovga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Andijon”

U-19 chempionatining doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” bahsining 52-daqiqasida mezbonlar vakili Mirziyo Atakulov raqibini qasddan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek,  oʻyinning 90+5 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asilbek Aysarov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirziyo Atakulov (“Qizilqum”) va Asilbek Aysarovning (“Andijon”) har ikkisiga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Zomin” — “Dinamo”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Zomin” — “Dinamo” bahsining 73-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi Fayozjon Mavlonov toʻp uchun kurashda raqib oʻyinchisining oyoq qismiga kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, 90-daqiqada mezbonlar futbolchisi Akramjon Saparboyev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqib futbolchisiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fayozjon Mavlonovga (“Dinamo”) nisbatan 2 ta, Akramjon Saparboyevga (“Zomin”) nisbatan esa 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Bunyodkor”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” bahsida poytaxt jamoasi futbolchisi Sardorbek Rahimov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardorbek Rahimovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Yangiyer” — “Qoʻqon-1912”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Yangiyer” — “Qoʻqon-1912” bahsida mehmonlar futbolchisi Islomjon Matfazilov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Islomjon Matfazilovga (“Qoʻqon-1912”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Ayollar Oliy ligasi

“Bunyodkor-W” — “Soʻgʻdiyona-W”

Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasining 15-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor-W” — “Soʻgʻdiyona-W” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Dilrabo Asadova bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilrabo Asadovaga (“Bunyodkor-W”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-16 ayollar chempionati

Birinchi liga musobaqasida “Andijon W” jamoasi tarkibida roʻyxatdan oʻtkazilgan futbolchilar OʻFA qoshidagi Ayollar U-16 chempionatida “Turon U-16” jamoasi tarkibida roʻyxatdan oʻtkazilib, Ayollar U-16 chempionatida 3 ta uchrashuv oʻtkazgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Andijon” va “Turon” klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi. Shuningdek, “Andijon W” jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Abdullayev va “Turon U-16” jamoasi bosh murabbiyi Xurshid Toʻychibiyevga nisbatan 2022-yilgi mavsum oxirigacha futbol faoliyatidan diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Qarorga koʻra, “Turon U-16” jamoasi oʻtkazgan uchrashuvlar natijalari bekor qilinib, raqib jamoalariga texnik gʻalabalar yozilishi belgilandi.