Free ebooks Library zlibrary project

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan III bosqichli “Talabalar ligasi” musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi 2-tur o‘yinlari yakunlandi.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar bosqichida poytaxtimizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etmoqda. Joriy yilning aprel-may oylari davomida “Talabalar ligasi”ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.