Free ebooks Library zlibrary project

Bugun O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mavsumoldi seminar o‘tkazildi. Unda o‘yin qoidalariga kiritilayotgan yangiliklar, VAR va hakamlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar tahlili qilindi va ishtirokchilar oʻyin qoidalari yuzasidan nazariy va video test topshirishdi. Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida bahsli vaziyatlar tahlil qilindi.