Free ebooks Library zlibrary project

Samarqand viloyatidagi Yoshlar ijod markazida 2021-yilgi futbol klublari o‘rtasida futbolning shaffofligini oshirish, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish, halol o‘yin targ‘ibotini kuchaytirish va futbol klublari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov va O‘FA bo‘linma rahbarlari, Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti S.Osmanov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev va boshqa qator mutaxassislar qatnashishdi.

Samarqanddagi futbol klublari rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, hakamlar va nazoratchilar keng jalb etilgan mazkur uchrashuvda 2020-yil davomida professional futbol klublari o‘yinlaridagi ro‘y bergan holatlar, xato va kamchiliklar, muammolar muhokama etildi. Shuningdek, tizimda korrupsiyani oldini olish, futbol uchrashuvlarini halol, shaffof o‘tishini ta’minlash va odob-ahlok me’yorlariga qatiyan rioya etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng O’FA komissiya a’zolar tomonidan hududdagi futbol maydonlari ko‘zdan kechirilib, kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.