Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish boʼyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

OʼFA qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida qator litsenziyali oʼquv kurslari va seminarlar muntazam ravishda oʼtkazib kelinmoqda.

Xususan, 3-8-mart kunlari Toshkent shahrida O’FA “C” litsenziyasi dasturi boʼyicha murabbiylik kurslari tashkil etilmoqda.

Oʼquv jarayoniga Dmitriy Kim instruktorlik qilgan bo’lsa, unga Qurbonboyev Rustam yordamchilik qilmoqda. Kurs koordinatori Qudratullayev Davron. Amaliy va nazariy mashgʼulotlarni qamrab olgan mazkur kursda o’zbek futbolining bir qator yulduzlari: Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Mirzakamol Kamolov kabilar ishtirok etmoqda.