Free ebooks Library zlibrary project

Samarqand viloyati hokimligida oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlangan ochiq va samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, oʻzbek futboli faxriylari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Erkinjon Turdimov va Ravshan Irmatov barchani futbolimizning 110 yilligi bilan samimiy qutladilar. Shundan keyin viloyat hokimi Samarqandda futbol rivoji yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va boʻlajak rejalar bilan oʻrtoqlashdi.

Uchrashuv soʻngida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga “Oʻzbekiston futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriy hamda mutasaddilarga esdalik sovgʻalari berildi.