Free ebooks Library zlibrary project

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa OFK Ijroiya qo’mitasining 11-yig’ilishiga raislik qildi va Qatar Futbol Assotsiatsiyasini bo’lajak yirik turnir uchun mezbonligi bilan tabrikladi:

“OFK va Osiyo futbol oilasi nomidan Qatar futbol assotsiatsiyasini yaqinlashib kelayotgan OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish huquqi berilgani bilan tabriklayman.
Shuningdek, Indoneziya futbol assotsiatsiyasi va Koreya futbol assotsiatsiyasiga turnirni oʻtkazish niyatlarini bildirgani uchun minnatdorchilik bildirib o’tamiz”.

Qatar OFK Osiyo Kubogi musobaqasining amaldagi chempioni hisoblanadi, 1988 hamda 2011 yillarda ham qit‘aning eng nufuzli birinchiligiga ushbu mamlakat mezbonlik qilgan.