Free ebooks Library zlibrary project

Joriy yilning iyun oyida yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo kubogi oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom etmoqda. Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Qarshi shahridagi “Markaziy” stadioniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida bu yerdagi mavjud sharoitlarni oʻrganib, OFK standartiga mos kelishini taʼminlash boʻyicha, yangilanayotgan media tribuna, kiyim almashtirish xonalari, matbuot anjumani oʻtkaziladigan zallar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan rasmiylarni maydonga chiqib kelish yo’laklari musobaqagacha mos holatga keltirish ishlari oʻrganildi. Asosiy va mashg’ulotlar o’tadigan maydonlarni holatini OFK talablari darajasiga olib chiqish bo’yicha ishlar tahlil qilindi va mutasaddilarga rejaga muvofiq keyingi qilinishi kerak boʻlgan vazifalar yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalarini berildi.