Osiyo Futbol Konfederatsiyasi futzal bo’yicha Osiyo chempionati, o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionati hamda OCHL bahslari o’tkazilish sanalariga o’zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qildi.
Unga ko’ra, kattalar o’rtasidagi futzal bo’yicha Osiyo chempionati 4-15 noyabr kunlari Turkmanistonda bo’lib o’tadi.
Shuningdek, Bahraynda o’tkaziladigan U16 Osiyo chempionati esa 25-noyabr – 12-dekabr kunlariga ko’chirildi.
Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasi G’arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentyabr oyida o’tkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi keyinroq e’lon qilinishi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati avvaldan belgilanganidek 14-31 oktyabr kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.
O’z navbatida, klublar o’rtasidagi futzal bo’yicha Osiyo chempionati sanasiga ham o’zgartirish kiritilmagan va ushbu turnir BAAda 2-13 dekabr tashkil etiladi.
Futzal bo’yicha Osiyo chempionati
4-15 noyabr | Turkmaniston
U16 Osiyo chempionati
25-noyabr – 12-dekabr | Bahrayn
Osiyo chempionlar ligasi
Sentyabr | guruh va pley-off bosqichi
2-3 noyabr | chorak final bosqichi
24-noyabr | yarim final bosqichi
5-dekabr | final
U19 Osiyo chempionati
14-31 oktyabr | O’zbekiston
Klublar o’rtasidagi futzal bo’yicha Osiyo chempionati
2-13 dekabr | BAA
*Yuqorida eʼlon qilingan sanalar OFKning tegishli qoʼmitalarining yakuniy qoʼshma qaroriga muvofiq yoki mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda oʼzgartirilishi mumkin.