Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ayni kunlarda futbol boʼyicha milliy terma jamoalar uchun oʼquv-mashgʼulot markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Bugun O’FA konferensiyalar zalida xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu oʼquv-mashgʼulot markazi loyihasi taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Mazkur taqdimotda OʼFА rahbariyati, terma jamoalar bo’limi mutaxassislari va murabbiylari ishtirok etib, loyiha bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ushbu markazning zamon talablariga mos, futbolchilar uchun har tomonlama qulay jihozlanishi mavzusi muhokama etildi.