Free ebooks Library zlibrary project

Shu kunlarda OFKga a’zo assotsiatsiyalari bosh kotiblari hamda mintaqaviy assotsiatsiyalar rahbarlari uchun onlayn konferensiyalar bo’lib o’tmoqda.

4-6 iyun kunlari Janubiy va Markaziy mintaqalarda tashkil etilgan ushbu konferensiya 11-12 iyun kunlari Sharqiy mintaqada o’tkazilishi rejalashtirilgan.

E’tiborli jihati, mazkur konferensiyada Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov xalqaro hamkorlik, futbol maʼmuriyatchiligi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi bo’yicha eng yaxshi amaliyotlar taqdimoti bilan ishtirok etadi.

Shu bilan birga, ishtirokchilarga qitʼa futbol uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan dastur, loyiha hamda tashabbuslar boʼyicha yanada toʼliqroq maʼlumot beriladi.

Ikki kunlik konferensiya davomida bosh kotiblar zamonaviy futbol boshqaruv tizimidagi soʼnggi yangiliklar, tizimdagi yangi oʼzgarishlar xususida yanada koʼproq maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega boʼlishadi.