Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Ma’lumki, Qarorda O‘FA tizimida Milliy futbol markazi, shuningdek, Futbol bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazlarini tashkil etish, professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha yetuk mamlakatlar tajribasini o‘rganish, hududiy futbol akademiyalari faoliyatini rivojlantirish, FIFA va OFK bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali nufuzli xalqaro futbol musobaqalari va tadbirlarini O‘zbekistonda o‘tkazish, respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reyestrini ishlab chiqish hamda uning yuritilishini ta’minlash, futbol uchrashuvlarini namoyish qilish va futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil etish kabi muhim masalalar belgilab qo‘yilgan.

Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov hamda OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Qarorda belgilangan masalalar va mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Belgilangan vazifalar yuzasidan hisobotlar tinglandi.