Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 2023-yilgi mavsumi yakunlandi. Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi 53 ochko jamg‘argan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

“Paxtakor” – chempion
“Nasaf” – kumush medali sohibi
“Navbahor” – bronza medali sohibi

12-o‘rinni egallagan “Qizilqum” – o‘tish bahsida Pro ligani 3-o‘rinda yakunlagan “Qo‘qon-1912” bilan o‘ynaydi. “Turon” hamda “Buxoro” Superliga bilan xayrlashgan bo‘lsa, “Lokomotiv” va “Dinamo” asosiy ligaga yo‘l oldi.

“Paxtakor” futbolchisi Dragan Cheran ketma-ket beshinchi marta mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi (13 gol).