Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston U23 ayollar terma jamoasi Tojikistonda o’tadigan “CAFA U-23 Women’s Championship” xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Joriy yilning 18-27 avgust kunlari tashkil etiladigan musobaqada terma jamoamizga Eron, Qirg’iziston, Afg’oniston va Tojikiston vakillari raqiblik qiladi.

Turnir reglamentiga ko’ra, terma jamoalar 23 yoshgacha bo‘lgan, ya’ni 1999 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda 3 nafar yoshi katta futbolchi o‘ynashga haqli.

Mazkur musobaqa faqatgina guruh bosqichidan iborat bo’lib, terma jamoalar o’zaro bittadan uchrashuvda kuch sinashadi. Yakuniy ochkolar hisobiga ko’ra turnir g’olib va sovrindorlari aniqlanadi.

CAFA U-23 Women’s Championship
Dushanbe, Tojikiston

1-tur | 20.08.2021
O’zbekiston – Afg’oniston

2-tur | 21.08.2021
O’zbekiston – Qirg’iziston

3-tur | 23.08.2021
Dam olish

4-tur | 24.08.2021
O’zbekiston – Eron

5-tur | 26.08.2021
Tojikiston – O’zbekiston