Free ebooks Library zlibrary project

Kuni kecha futbolning bugungi kundagi rivojlanishida marketingni o’rni va O’zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish mavzusiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Marketing bo’yicha OFK mutaxassisi Elnur Mammadov marketing va kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda futbol sohasida daromad olish bo’yicha o’z tajribasini O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan o’rtoqlashdi.

Seminar davomida foyda keltirishi mumkin bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash, ular asosida ishlash startegiyasini tuzib chiqish, homiy va hamkor tashkilotlarni jalb etish, ularga yetarli sharoitlarni yaratish, muxlislarni stadionga jalb qilish hamda OAV bilan ishlash kabi muhim yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar muhokama etildi.

Shuningdek, OFK mutaxassisi futbolni moliyalashtirish tizimini to‘g‘ri tashkil etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, chiptalarni sotish tizimini rivohlantirish va futbol uchrashuvlariga tegishli tijoriy huquqlarni, jumladan teletranslyatsiya qilish huquqlarini dunyo sport bozorida sotish bo’yicha o’zining foydali maslahatlarini berdi.

Qiziqarli suhbat hamda ochiq muloqot tarzida kechgan seminar davomida jahon tajribasini tatbiq etishda mahalliy shart-sharoit va mavjud resurslardan unumli foydalangan holda yuqori natijalarga erishish, o’zbek futboli brendini yaratishda marketing sohasi vakillarining faolligini yanada oshirish, muxlislarga ko‘proq ma’qul bo‘ladigan loyiha va dasturlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Endilikda bu kabi seminarlar muntazam ravishda tashkil etib borilishi alohida ta’kidlandi.