Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 16-oktyabr kuni “Do‘stlik” terma jamoalar markazida O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Ozarbayjon U-18 terma jamoasiga qarshi ikkinchi bor o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Meyirbek Rejabaliyev, Ravshan Xayrullayev, Abdug‘ofur Haydarov va Saidumarxon Saidnurullayev tomonidan kiritilgan gollar terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi.

Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoamiz Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvini 13-oktyabr kuni o‘tkazgan va 3:0 hisobida zafar quchgan edi.