Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 16-oktyabr kuni Dalyan shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

1-taym yakunida Vey Shixao hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Otabek Shukurov, 86-daqiqada esa Jamshid Iskanderov gol urib, terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. Ushbu bahsda Srechko Katanes boshchiligidagi jamoamiz raqibdan barcha jabhalarda ustun ekanini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 16-noyabr kuni 2026-yilgi Jahon chempionati 2-saralash bosqichi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.