Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Quvaytga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs teng kurashlar ostida o‘tdi va yakunda terma jamoamiz 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab uchinchi daqiqadayoq Husniddin Nishonov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 15-daqiqada Abdullatif al-Abbos terma jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Ikkinchi taymni faol boshlagan quvaytliklar 24-daqiqada Muhammad al-Ajmining goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 31-daqiqada Saleh al-Fathil o‘rtadagi farqni ikkitaga oshirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining hujumlari ko‘paydi. 33-daqiqada Elbek To‘lqinov hisobni qisqartirdi. Biroq, vakillarimizning hujumga berilishi oqibatida, raqib darvozaboni Muhammad al-Xazim to‘pni egallab, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi – 2:4.

38-daqiqada Husniddin Nishonov dubl qayd etdi va hisobni qisqartirdi. 39-daqiqada Ixtiyor Ropiyev muvozanatni tikladi. G‘alaba goli esa Elbek To‘lqinov tomonidan o‘yin yakuniga 2 soniya qolganda kiritildi.

Uchrashuv davomida Quvayt bosh murabbiyi Sayed Muhammad Nozim al-Shareh va uning yordamchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1-3 oktyabr kunlari Livan terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o‘tkazadi.