Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining 2026 va 2029-yillardagi mezbonlarini rasman e’lon qildi. Bu haqda Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tgan OFK 4-ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida OFK prezidenti Shayx Salmon ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2026-yilgi turnir Avstraliyaga topshirilgan bo‘lsa, 2029-yilgi qit’a musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. O‘z o‘rnida, OFK prezidenti ushbu turnirlar yuqori darajada tashkil etilishiga ishonch bildirdi.

Mazkur marosimda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etmoqda.