Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Bugun 15-may — OFKning “Ommaviy futbol kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida “Grassroots” (Ommaviy futbol) festivali oʻtkazildi

Unda 100 dan ziyod oʻgʻil-qizlar ishtirok etishdi. Festivalni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad futbolni ommalashtirish, yosh avlodni ushbu sport turiga keng jalb etish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat.

Ma’lumki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining nufuzli AFC Grassroots Charter Gold (OFKning Ommaviy futbol Xartiyasi) darajasidagi a’zolari tarkibiga kiritilgan.

Dastlab 2020-yilda “Kumush” darajadagi aʼzolikka maʼqullagan OʻFA 2023-yil dekabrida yaxshi yutuqlarni koʻrsatib, “Oltin” darajasiga koʻtarilgan edi.

Bundan tashqari, Respublikadagi 1000 dan ortiq umumta’lim maktablarda FIFA Football in School (FFIS) dasturi bo‘yicha futbol to‘garaklari o‘tkazib kelinmoqda va 2030-yilga qadar O‘FA tomonidan mamlakatimizdagi 10 000 ga yaqin maktablarning barchasida ushbu loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Qayd etish mumkin, OFKning “Grassroots” futbol festivali Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etildi va ularda 1400 nafardan ko‘proq bo‘lajak futbolchilar ishtirok etishdi.