Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 18-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

4-daqiqada Abbosbek Fayzullayev Otabek Shukurovning uzatmasidan so‘ng bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeyev, birinchi taym yakunida esa Sherzod Nasrullayev gol urib, jamoamizning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Srechko Katanes boshqaruvidagi milliy terma jamoamiz 4 ochko bilan “B” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 23-yanvar kuni Al-Vakra shahridagi “Al-Janub” stadionida Avstraliya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.