Free ebooks Library zlibrary project

OFKning xabar berishicha, Xitoy futbol assotsiatsiyasi bilan olib borilgan keng qamrovli muhokamalardan soʻng mamlakat 2023-yilgi Osiyo Kubogini mezbonlik qila olmasligi haqida rasman maʼlum qilindi.

Xitoy 2019-yil 5-iyun kuni Parijda boʻlib oʻtgan OFKning navbatdan tashqari Kongressida Osiyo Kubogi 2023 mezboni etib tayinlangandi. 24 jamoa ishtirokidagi musobaqa 2023-yilning 16-iyundan 16-iyuliga qadar Xitoyning 10 ta shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.

OFK mazkur vaziyatlarga mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab boʻlayotganligini qayd etmoqda. Tayyorgarlik jarayonida Xitoy futbol assotsiatsiyasi va mahalliy tashkiliy qoʻmita bilan yaqindan hamkorlik ishlari olib borildi. Hatto bir qator muhim bosqichlarga erishildi, jumladan, turnir logotipi ishga tushirildi va oʻtgan yili Shanxay Pudong futbol stadionining ochilishiga erishildi.

OFK Xitoy futbol assotsiatsiyasi va mahalliy tashkiliy qoʻmita jamoaviy manfaatlarni koʻzlab, juda qiyin, ammo zarur qarorni qabul qilganini qadrlashini maʼlum qilmoqda. Shuningdek, 2023-yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi bilan bogʻliq keyingi qadamlar haqida qoʻshimcha maʼlumotlar yaqin vaqt ichida eʼlon qilinishi taʼkidlangan.