Mart oyida futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlariga qurʼa tashlangan edi. FIFA va OFK Osiyo qitʼasidan ishtirok etuvchi jamoalar qay tartibda guruhlarga joylashishiga aniqlik kiritdi.
Unga koʻra:
U-23 Osiyo kubogi gʻolibi — “D” guruhiga;
U-23 Osiyo kubogi 2-oʻrin sohibi — “C” guruhiga;
U-23 Osiyo kubogi 3-oʻrin sohibi — “B” guruhiga;
U-23 Osiyo kubogi 4-oʻrin sohibi play-off oʻyinida Gvineya bilan oʻynaydi. Gʻolib jamoa “A” guruhidan oʻrin oladi.
Qayd etilganidek, U-23 Osiyo kubogi chempioni hamda ikkinchi va uchinchi oʻrin sohiblari toʻgʻridan-toʻgʻri Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritsa, Osiyoning toʻrtinchi jamoasi play-off oʻyinida Gvineyaga qarshi bahs olib boradi.