Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, 2024-yil yurtimiz nufuzli turnir FIFA Futzal Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqadan oldin esa yana bir muhim voqea – turnirga qur’a tashlash marosimi oʻtkaziladi. Marosim yurtimizning eng goʻzal maskanlaridan biri, koʻhna va navqiron Samarqand shahridagi Registon maydonida boʻlib oʻtishi belgilangan.

26 may kuni Registonda oʻtkaziladigan marosimni dunyoning 200 dan ortiq mamlakati tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Goʻzal Samarqanddagi qur’a tashlash marosimi yurtimizning sport orqali oʻzini yana bir bor namoyon etishiga xizmat qiladi.

Bugun FIFA Prezidentining futzal boʻyicha yordamchisi, FIFA musobaqalar oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Haime Yarza boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Sport vaziri Adham Ikramov va OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamrohlik qilmoqda. Delegatsiya a‘zolarini Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Tadbir ishtirokchilari Registon maydonida qur’a tashlash marosimini tashkil etishga doir rejalar bilan tanishdi.