Free ebooks Library zlibrary project

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda U-19 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Shu boisdan Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Ayni paytda terma jamoamiz navbatdagi yig‘inini o‘tkazmoqda. Bugun mazkur yig‘in doirasida “Bunyodkor” jamoasi yoshlar tarkibiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushildi. Uchrashuv yoshlar terma jamoamizning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

O‘rtoqlik o‘yini

16-yanvar 2020, “Bunyodkor” akademiyasi maydoni

O‘zbekiston U-19 – “Bunyodkor” yoshlari 3:0

Gollar: Abubakr Turdaliev (10), Mirjalol Mirzaev (66), Jamshid Baxshulloev (76).

O‘zbekiston U-19: Izatilla Tursunov, Odil Abdumajitov, Abubakr Turdaliyev, Eldor Begimov, Jafar Karimov, Abdurauf Bo‘riyev,Sardor Usmonov, Shahboz Nuriddinov, Asad Jo‘raqulov, Muhammadqodir Ahadov, Tohir Rafayelov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Amal Shavketov, Asliddin Toshtemirov, Shahzod Toirov, Jasur Abdulbekov, Abdulloh Mirkomilov, Sarvar Ablayev, Muhammadaziz Ibragimov, Alisher Odilov, Mirjalol Mirzayev, Farhod Sohibjonov, Jamshid Baxshulloev.