Free ebooks Library zlibrary project

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu kunlarda poytaxtimizda yig‘in olib bormoqda.

Azamat Abduraimov shogirdlari bugun ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. “Chig‘atoy-2002”ga qarshi kechgan o‘yinda terma jamoamiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Terma jamoa safida Rustam Turdimurodov, Tohir To‘xtasinov hamda Shahzod Akramov raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Oldinroq o‘smirlar terma jamoamiz 3:1 hisobida “Bunyodkor-2003”ni mag‘lub etgan edi.

Qayd etish joiz, bugun terma jamoamiz ushbu yig‘inni yakunlaydi va ertaga, 17-yanvar kuni Belarusga xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yo‘l oladi.

 

O‘rtoqlik o‘yini

16-yanvar 2020, “Chig‘atoy” stadioni

“Chig‘atoy-2002” – O‘zbekiston U-16 2:3

Gollar: Rustam Turdimurodov (15), Tohir To‘xtasinov (18), Shahzod Akramov (25).

O‘zbekiston U-16: Otabek Boymurodov, Abdulloh Omonaliev, Sunnat Poyonov, Kirill Todorov, Mirkamol Abdurazzoqov, Tohir To‘xtasinov, Abduqodir Husanov, Alisher Xayrullaev, Muxritdin Pazildinov, Shahzod Akramov, Rustam Turdimuradov.

Zaxira: Asror Kenjaev, Beknur Parmonov, Abdulaziz Toshkenboev, Aleksandr Zevadinov, Vazgen Pogosyan, Maqsud A’loxo‘jaev, Jaxongir O‘rozov, Asad Qaxxorjonov, Nodir Abdurazzoqov, Diyor Inomov, Rian Islomov, Sardor Xojiboev, Sarvar Bahodirov, Oblayor Rahmatov.

Ogohlantirish: Rustam Turdimurodov (8).