Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Bugun kunning birinchi qismida Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkent viloyatida terma jamoalar uchun qad rostlayotgan Doʻstlik bazasini koʻzdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur bazadan oʻrin olgan obyektlar, xususan, futbolchilar istiqomad qilishi uchun moʻljallangan mexmonxona, mashgʻulot maydonchasi va zallari, stadion loyihasi haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan tibbiy-tiklanish markazi, kutubxona, restoran, yashil hudud kabi obyektlarning aynan ushbu bazadan joy olishi aytildi.

Avvallari terma jamoalar uchun baza qurish orzu boʻlgani, endilikda mana shu loyiha natijasida barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz, xususan, milliy va olimpiya jamoasi ham shu yerda yigʻin oʻtkazish imkoniga ega boʻlishi taʼkidlandi. Bundan tashqari, mazkur futbol shaharchasidan 11-17 yoshgacha boʻlgan 6 ta yosh toifasidagi akademiya tarbiyalanuvchilari tahsil olishi qayd etildi.

Oʻz oʻrnida OFK Prezidenti ham mazkur qurilish-loyihasi haqida ijobiy fikrda ekanligini aytib, bir nechta masalalar yuzasidan oʻzining takliflarini bildirdi.