Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Parij Olimpiadasi yakuniy saralash bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi dastlabki uchrashuvda maydonga tushadi.

23-fevral kuni OʻFAda Avstraliya ayollar terma jamoasi safida uzoq yillar toʻp surgan futbolchi, ayni kunda media va marketing sohasida faoliyat yuritayotgan Greys Gill ishtirokida tajriba almashinuv seminari boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizda ayollar futbolida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.

Greys Gill Avstraliya misolida ayollar futbolini rivojlantirishga doir bir qator loyihalar xususida maʼlumot berdi. Bundan tashqari, professional karyerasini yakunlagan futbolchilarning keyingi faoliyatlari tashkil etish, murabbiylik, hakamlik, sport psixologligi va menejerlik kabi sohalar boʻyicha fikr almashildi.